E’LON

21-mart – Navro‘z bayrami munosabati bilan, A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot kutubxona markazida: 20, 21, 22-mart bayram kunlari foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatilmaydi;23-mart ertalab soat 9:00 dan foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatiladi. Ma’muriyat

20-mart – Xalqaro baxt kuni

“Baxt bu dunyoga kelganing, har nafas olganing baxt” BMT Bosh Assambleyasining 2012-yil 28-iyun kuni qabul qilgan rezolyutsiyasiga binoan sayyoramizdagi har bir insonning baxtga intilishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida har yili 20-mart kuni Xalqaro baxt kuni (International Day of Happiness) nishonlanadi. Shu munosabati bilan kutubxonada “Baxt bu dunyoga kelganing, har nafas olganing baxt” nomli ko’rgazma tashkil qilindi.

Kutubxonada kitobxon onalar kuni tadbirlari davom etmoqda

Avval xabar berganimizdek, bugun A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi boshchiligida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyat va tuman AKMlarida ZOOM platformasi orqali tashkil etilgan “Kitobxon onalar kuni” bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida har bir hududiy AKM va TAKMlar o‘zlarining kutubxonalarida tadbirni davom ettirdilar. A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazidan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a‘zosi, O‘zbekiston Respublikasi xalq…

“Xush kelding Navro‘z! “

Tuproqni uyg‘otib maysa cho‘zdi bo‘y,Tabiat kelindek bunchalar xushro‘y, Bahor kunlarida har bir kuning to‘y, Xalqim, bu kun senga Navro‘z muborak! Ayni paytda yurtimizda Navro‘z bayrami munosabati bilan turli sayillar, tomoshalar, bayram tadbirlari o‘tkazilmoqda. Xuddi shunday A.S.Pushkin nomidagi axborot-kutubxona markazida ham bayram munosabati bilan “Xush kelding Navro‘z! ” nomli ko’rgazma tashkil qilindi.

“TOPING, BU KIM?” noodatiy bibliografik sharh

Bu inson 1941-yilda Qashqadaryo viloyatida tavallud topgan, oilada o’g’illardan eng kenjasi bo’lgan, 1958-yilda maktabni oltin medal bilan tamomlagan. 1998-yilda O’zbekiston Qahramoni unvonini olgan. “Yurtim shamoli”, “Qasida”, “Yillar armoni” va bir qancha she’riy to’plamlar muallifi.  Ko’plab unvon va mukofotlar sohibi. Bugun A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida Abdulla Oripov hayoti va ijodiga bag’ishlangan bibliografik sharhi bo’lib o’tdi.…

Navro‘zing muborak bo‘lsin, O‘zbekistonim!

Bugun A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida Samarqand shahridagi 9-maktab o‘quvchilari ishtirokida “Navro’zing muborak bo’lsin O’zbekistonim!” deb nomlangan musiqali badiiy kecha bo‘lib o‘tdi.  Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan musiqiy chiqishlar namoyish etildi.