Ayni paytda

Kutubxona bo’ylab ekskursiya bolalarga kitobxonlik ruhini beradi Ayni paytda A.S.Pushkin nomidagi Samarqand  axborot- kutubxona markazida Toyloq tuman ixtisoslashgan umumta’lim maktabi o’quvchilai bilan birgalikda “Qiziqarli kutubxonada” nomli  kutubxona bo‘ylab ekskursiya tashkil qilindi. Mutaxassislar tomonidan kutubxonada yaratilgan sharoitlar, kitoblar olami, kutubxona loyihalari bo’yicha faoliyat yuritayotgan elektron ma’lumot bazalari  haqida batafsil ma’lumotlar berib o’tildi

📔A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida kitobxon onalar kuni📕

❇️Bugun A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida har oyning 17 sanasida an’anaviy tarzda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan o‘tkazib kelinayotgan“Kitobxon onalar kuni” tadbiri bo’lib o’tdi.Tadbirda Samarqand shahridan “Mehriobod” MFY xotin-qizlar faoli Farangiz Arslonova, “Sahovat” MFY xotin-qizlar faoli Ra’no Urunovalar hozirgi kunda kitoblarning inson hayotida o’rni hamda yoshlar uchun o’qib chiqilishi kerak bo’lgan asarlar haqida tadbir…

Jahon adabiyotining yorqin vakili

A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida  Kitobxonlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda buyuk allomalarimiz haqida ularga ma’lumot berish maqsadida, Dostoyevskiy Fyodor Mixaylovichga bag‘ishlab ko‘rgazma tashkil etildi. Ma‘lumot o‘rnida Dostoyevskiy Fyodor Mixaylovich— rus yozuvchisi. Ijodiy faoliyati 1844-yilda boshlangan. Birinchi romani — „Bechora odamlar“da (1846) xoʻrlangan, ijtimoiy adolatsizlikka duchor boʻlgan „kichkina odamlar“ning qismati hikoya qilingan. „Qiyofadosh“ (1846), „Oq tunlar“…

📕Misrda “Oʻtkan kunlar” romani arab tiliga tarjima qilinadi

📔Misrning Ayn Shams universiteti professori, yozuvchi, tarjimon Muhammad al-Jibali Abdulla Qodiriyning “Oʻtkan kunlar” romanini arab tiliga tarjima qilishga kirishdi. 📙Muhammad al-Jibalining aytishicha, nihoyatda boy adabiy merosga ega oʻzbek adabiyoti durdonalari xorijiy tillarga tarjima qilinmagani uni ajablantirgan. Professor “Oʻtkan kunlar” romanining arab tiliga tarjima qilinishi, nafaqat Misr, balki butun arab dunyosida iliq kutib olinishiga ishonch bildirgan.…

Xushxabar

🖊XXI asrning ilmiy-amaliy tadqiqotlari xalqaro jurnalida A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi xodimi Iroda Shamsiyevaning “The role of grammar in the process of teaching English in primary school” deb nomlangan ingliz tilida maqolasi “Eng yaxshi ilmiy maqola” deb chop etilib, MDH davlatlarining ko’krak nishoni bilan taqdirlandi.