Ko’chma kutubxona

Aholiga axborot -kutubxona xizmati ko‘rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish hamda “Kitobsevar millat” umummilliy g‘oyasini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha “Moviy jamadon tashrifi” loyihasi asosida A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Samarqand shahar “Zarafshon” MFY da ko’chma kutubxona tashkil etildi.

Qiziqarli kutubxonada ekskursiyasida Germaniyalik sayyohlar

A.S.Pushkin nomidagi Samarqand  axborot- kutubxona markazida Germaniyalik sayyohlar bilan birgalikda “Qiziqarli kutubxonada” nomli  kutubxona bo‘ylab ekskursiya tashkil qilindi. Mutaxassislar tomonidan kutubxonada yaratilgan sharoitlar, kitoblar olami, kutubxona loyihalari bo’yicha faoliyat yuritayotgan elektron ma’lumot bazalari  haqida batafsil ma’lumotlar berib o’tildi.

Ijodiy uchrashuv

A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning Turkiy davlatlar hamkorlik kengashining 2019-yil 15-oktabr kuni Bokuda bo‘lib o‘tgan 17-sammitidagi tashabbusiga muvofiq nashr etilgan “Turkiy adabiyot durdonalari” nomli100 jilddan iborat asarlar majmuasining muallif va ijodkorlari bilan ijodiy uchrashuv bo’lib o’tdi. Tadbirda, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyat bo‘limi rahbari Toshpo‘lat Tugalov, “Zarafshon” va “Samarkandskiy vestnik” gazetalari tahririyati muharriri,…

Seminar trening

Bugun A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi tuman, shahar AKM lari uchun foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatishning rivojlanayotgan usullariga bag’ishlab seminar-trening tashkil etildi. Seminar-treningda tuman, shahar AKM xodimlari uchun foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatishdagi tartiblar batafsil tushuntirildi.

Ko’chma kutubxona

Aholiga axborot -kutubxona xizmati ko‘rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish hamda “Kitobsevar millat” umummilliy g‘oyasini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha “Moviy jamadon tashrifi” loyihasi asosida A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Samarqand shahar “Xo’ja Axrori Vali” MFY da ko’chma kutubxona tashkil etildi.