Ayni paytda 

A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida ZOOM platformasi orqali tuman (shahar) AKM rahbar va mas’ul xodimlari ishtirokida ijro intizomi, yillik hisobotlarni o’z vaqtida topshirishlari borasida ko’rsatmalar berilmoqda. Shuningdek, 2024-yilgi rejalari to’g’risida tegishli topshiriq va takliflar berilayapti.

Maqsadimiz: bolalarning kitobga bo’lgan mehrini oshirish!

“Kitobim oftobim” A.S.Pushkin nomidagi axborot – kutubxona markazi Samarqand shahar 8-maktabi bilan hamkorlikda o’quvchilar o’rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlikni rivojlantirishga qaratilgan “Kitobim oftobim”, “Sexrli qalpoqchaning siri” mavzularida bolallar bilan suhbat olib borildi hamda bolajonlarga qiziqarli ertak o’qib berildi. Maqsadimiz Bolalarni kitob tarixi bilan tanishtirish, turli janrdagi kitoblar va turli mavzudagi ertak qahramonlari haqida tushuncha berish.…