Yosh tadbirkorlar uchrashuvi

A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida Yoshlar-kelajagimiz jamg‘armasi Samarqand viloyat filiali bilan hamkorlikda 2024-yi “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili ” munosabati bilan Samarqandlik yosh, katta yutuqlarga erishgan tadbirkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Yoshlar-kelajagimiz jamg‘armasi Samarqand viloyat filiali rahbari Dilshod Nabiyev,”Asmo Kids” bolalar bog’chasi, “Yuksalish” Maktabi asoschisi Damir Raxmonov, “Alfa Max Allians” mas’uliyati cheklangan jamiyati raxbari…

A.S.Pushkin nomidagi Samarqand axborot- kutubxona markazida Samarqand shahar Yuksalish Maktabiga qarashli “Asmokids” xususiy maktabgacha talim tashkiloti o’quvchilari bilan “Qiziqarli kutubxonada” nomli kutubxona bo‘ylab ekskursiya tashkil qilindi.

▶️Mutaxassislar tomonidan kutubxonada yaratilgan sharoitlar, kitoblar olami, kutubxona loyihalari haqida batafsil ma’lumotlar berib o’tildi.✅Ekskursiya davomida o’quvchilarga qiziqarli rolik namoish etildi va bolajon bilan qiziqarli o’yinlar o’tkazilib g’oliblar kutubxona tomonidan berilgan sovg’alar bilan taqdirlandi.

Kitoblar targ’iboti

📔Bugun Samarqand Turon fanlar akademiyasi hamda A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi hamkorlikda kitob taqdimoti tashkil etildi. tadimotning asosiy maqsadi insonlarga ziyo tarqatish bo’lib olim, fuzalolarning mehnatini qadrlash va targ’ibot etishdir. Ma’lumot o’rnida, Axborot kutubxona markazi fondini boyitish maqsadida ushbu akademiya tomonidan 100 ga yaqin kitoblar tuhfa etildi.

Navbatdagi bibliografik sharh

A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida noodatiy tarzda tashkillashtirilgan navbatdagi bibliografik sharh bo’lib o’tdi. Bibliografik sharhdan hafta davomida axborot-kutubxona fondiga kelib tushgan yangi adabiyotlar hamda davriy nashrlar shuningdek, nomdor shoir Azim Suyun hayoti va ijodi, “Gulxan” jurnali haqidagi qiziqarli ma’lumotlar o’rin olgan. Ushbu noodatiy tarzda o’tkazilgan sharh so’ngida kutobxonlar bilan savol-javoblar ham bo’lib o’tdi. Faol kitobxonlar…

“Qirq yillik tarbiya” kitobi taqdimoti bo’lib o’tdi

A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Samarqand viloyat bo‘limi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyati bo‘limi bilan hamkorlikda “Ovozi Samarqand” gazetasining bosh muharriri Bahodir Rahmonovning “Qirq yillik tarbiya” nomli kitoning taqdimoti bo’lib o’tdi. Kitob taqdimotida Samarqand viloyat hokimi o’rinborasi Rustam Kobilov, “Zarafshon” va “Самаркандский вестник” gazetalarining bosh muharriri Farmon Toshev, Yozuvchilar uyushmasi Samarqand…