Pushkin merosi

Buyuk rus shoiri A.S.Pushkinning yilligi munosabati bilan uning mukammal asarlar to’plami H.Olimjon, Zulfiya, Atoiy, Nosiriy va boshqalar tomonidan o’zbek tiliga tarjima qilingan bo’lib, Samarqand viloyati A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida saqlanib kelinmoqda.

“Bolalarga ma’rifat ulashib”

Kutubxona bilan yaqindan tanishtirish va yozgi ta’tilni maroqli kitoblar dunyosi bilan otkazish maqsadida A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi xodimlari  Samarqand tuman “Ilm-Ziyo” bolalar oromgohida “Bolalarga ma‘rifat ulashib” nomli sayyor tadbir tashkil qilishdi. Axborot- kutubxona markazi xodimlari tomonidan yoshlar o‘rtasida kitob targ‘iboti va turli kreativ o’yinlar tashkil qilindi.

Ayni paytda

“Axborot-kutubxona muassasalarida hamkorlik kelishuvlari” metodik qo‘llanmasi yuzasidan savol-javoblar ovozli chati O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Ilmiy-metodika xizmati tomonidan yaratilgan “”Metodik qo’llanmalar mobil ilovasi” dagi “Axborot-kutubxona muassasalarida hamkorlik kelishuvlari” metodik qo‘llanmasi yuzasidan savol-javoblar ovozli chati tashkil etildi. Ovozli chatda A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi xodimlari ham ishtirok etishmoqda.