🔹Hamma narsani o‘qiyverish yaramaydi, dilda tug’ilgan savollarga javob bera oladigan kitoblarnigina o‘qish kerak (Lev Tolstoy).

🔹Vaqt borida shoh asarlarni o‘qib qoling, aks holda, bunga ulgurmaysiz! (Toro) 🔹Haqiqiy bilim orttirmoq uchun odam yaxshi kitoblarni, ya’ni yaxshi, aqlli kishilar va chinakam donishmandlar yozgan kitoblarni tanlamog’i lozim (Chenning). 🔹Bobokalonlarimiz kitob topishga qiynalar edilar: hozir esa biz kitob tanlashga qiynalamiz. Mutolaa uchun juda ziyrak bo‘lmoq kerak (Lebbok).

kitoblar_haqida

🔸“Mehrobdan chayon”ni Lui Aragon iborasiga o‘xshatib, “Eng go‘zal sharqona sevgi romani”, deb baholasa bo‘ladi. Chunki Anvar va Ra’no o‘rtasidagi sevgi ibo atalmish sharqona poydevor ustiga qurilgan. 🔸Tog’ay Murodning “Otamdan qolgan dalalar”i dehqonchilik tizimidagi kommunistik rejimni ma’naviy jihatdan ag’darib tashlagan. Bunday kitoblarni qanday qilib o‘qimaslik mumkin. 🔸Kitob yoki jurnalni Internet sahifalaridan ham o‘qisa bo‘ladi. Ammo Internetda…

Sevimli kutubxonamga kitob sovg‘a qilaman

A.S.Pushkin nomidagi axborot-kutubxona fondiga Payariqlik mahalliy bolalar yozuvchisi, jurnalist Turg’unboy Hasanov tomonidan “Sehrgar huzurida”, “Payariq g’unchalari” deb nomlangan kitoblarini 10  nusxada, ”So‘z va yuz” deb nomlangan kitoblarini 5 nusxada,”Buvimning sandig‘i” kitobini 2 nusxada, hamda shogirdi Doston Sobirovning “To‘lin oyli tun” deb nomlangan kitoblari 3 nusxada kutubxonamizga sovg’a qildi.

Navbatdagi bibliografik sharh

A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida kutubxona foydalanuvchilari va AKM mutaxassislari uchun navbatdagi bibliografik sharh bo’lib o’tdi. Bibliografik sharhdan hafta davomida axborot-kutubxona fondiga kelib tushgan yangi adabiyotlar hamda davriy nashrlardagi qiziqarli maqolalar o’rin olgan.