Mutolaa_uchun_tavsiya

Qadimgi yunonlar ko‘plab maʼlumotlarni yod olish uchun tasavvurdagi obrazlardan foydalanish mumkinligini aniqlashgan va shunday texnikalarni o‘rganuvchi fanni mnemonika deb atashgan. Ushbu kitobda «super» xotirali insonlar sirlari, mnemotexnika turlari, ularni raqamli, matnli maʼlumotlarni, odamlarning ism-shariflari va boshqa kerakli maʼlumotlarni, tarixiy sanalarni eslab qolishda qo‘llash usullari, xorijiy tillarni to‘g‘ri o‘rganish yo‘llari bayon qilingan. Bu bilimlar o‘quvchilarning turli…

Yangi adabiyotlar targ’iboti

A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot kutubxona markazi fondiga kelib tushgan yangi adabiyotlar mutaxasislar tomonidan kitobxonlarga targ’ib etildi.

A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida Latviya universiteti kutubxonasi direktor o’rinbosari Anita Svence bilan “Qiziqarli kutubxonada” nomli  kutubxona bo‘ylab ekskursiya tashkil qilindi.

Mutaxassislar tomonidan kutubxonada yaratilgan sharoitlar, kitoblar olami, kutubxona loyihalari bo’yicha faoliyat yuritayotgan elektron ma’lumot bazalari  haqida batafsil ma’lumotlar berib o’tildi.👥Ekskursiya davomida mehmonimiz o’zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi va kutubxona haqida fikrini biz bilan baham ko’rdi.

“Tariximiz olmoslari”

✍️Ali ibn Hijoziy ibn Muhammad Bayumiy, “Sulosiyotul Buxoriy” 📌Imom Buxoriy ma’naviy merosi asrlar davomida barcha xalqlar, jumladan, buyuk tarix sohibi bo’lgan xalqimiz tomonidan, mustabid tuzum vaqtida qattiq qarshiliklarga uchrashiga qaramasdan, yuksak e’tibor va ehtiromda bo’lib kelgan.📌Ushbu risola Imom Buxoriy merosining gultoji bo’lgan shoh asari – “Al-Jomi as- Sahih” asaridagi eng sahih hadislarni aniqlash yo’lida olib…

Samarqandning eng faol yosh maʼnaviyatchisi kim boʻladi?

Joriy yilning 19-iyul kuni A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot kutubxona markazida «Eng yosh ma’naviyatchi-2024» respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda ma’naviy-ma’rifiy sohada faoliyat yuritayotgan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlarning yetakchilik, tashabbuskorlik, ijodkorlik va liderlik qobiliyatlari sinovdan o‘tkazildi. Tanlov natijasiga ko‘ra, I o‘rin Samarqand shaharidan Burxonov Bekzod, II o‘rin Oqdaryo tumanidan Xudoyberdiyeva Yulduz, III o‘rin Urgut…

Yosh ijodkor

Joriy yilning 19-iyul kuni bolajonlarni ta’tilda vaqtlarini maroqli va mazmunli o’tkazish maqsadida Payariq tumanining Ma’naviyat-ma’rifat markazida A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot kutubxona markazi hamda O’zbekiston bolalar tashkiloti Samarqand viloyat bo’limi xodimlari bilan hamkorlikda ” Yosh ijodkor” deb nomlangan ma’naviy -ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi.