Qiziqarli_kutubxonada

A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat  axborot- kutubxona markazida Samarqand viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o’rgatish milliy markazi mutaxassislari bilan “Qiziqarli kutubxonada” nomli  kutubxona bo‘ylab ekskursiya tashkil qilindi.▶️Mutaxassislar tomonidan kutubxonada yaratilgan sharoitlar, kitoblar olami, kutubxona loyihalari bo’yicha faoliyat yuritayotgan elektron ma’lumot bazalari  haqida batafsil ma’lumotlar berib o’tildi.👥Ekskursiya davomida bir guruh mutaxassislar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi va kutubxona…

“Men muvaffaqqiyatli ayolman”

A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida Samarqand viloyat Milliy gvardiya boshqarmasi harbiy qism katta ofitserlari Gulhayo Narmuratova va Zebiniso Oltmisheva ishtirokida “Men muvaffaqiyatli ayolman” nomli davra suhbati tashkil etildi.

Ko’chma kutubxona

📚Aholiga axborot -kutubxona xizmati ko‘rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish hamda “Kitobsevar millat” umummilliy g‘oyasini ro‘yobga chiqarishning 224-, 225-, 227-bandlari bo‘yicha “Moviy jamadon tashrifi” asosida kutubxona xodimlari tomonidan 15-iyul kuni Samarqand shahar “Ko`l” mahallasida ko’chma kutubxona tashkil etildi hamda ma’naviy- ma’rifiy tadbirlar o’tkazish bo’yicha shartnoma tuzildi. Ko’chma kutubxona tashkil qilish uchun berilgan adabiyotlarga mahalla tomonidan…

✍️ Shovosil Ziyodov, Qodirxon Mahmudov,”O‘rta asrlarda yashagan mashhur Samarqandlik allomalar”

📝 Ushbu kitobda o‘rta asrlarda Samarqand va Sharq mamlakatlarining boshqa shaharlarida yashab ijod etgan samarqandlik allomalarning hayoti, ilmiy faoliyati, diniy va dunyo fanlari rivojiga qo‘shgan hissalari yoritilgan bo‘lib, kitobning asosiy qismida 110 nafar samarqandlik allomalarning hayoti, ijodi va ilmiy meroslari o‘rganilgan. Allomalarning qo‘lyozma asarlari dunyo kutubxona fondlarida saqlanayotganligi ko‘rsatib o‘tilgan.

A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan O`zbekiston Qahramoni, shoir Ibroyim Yusupovga bag‘ishlab ko‘rgazma tashkil qilindi.

🖇Ibroyim Yusupov ijodi XX asrning ikkinchi yarmi – XXI asr boshlaridagi qoraqalpoq adabiyoti tarixida yorqin sahifani tashkil qiladi. Ibroyim Yusupov 1929 yili Chimboy tumanidagi Ozod qishlog‘ida tavallud topgan. Uning she’rlari 40-yillarda matbuotda e’lon qilina boshlangan. Ibroyim Yusupov bir qator pesa va publitsistik maqolalarning ham muallifi hisoblanadi. Shoir ko‘plab qardosh xalqlar va jahon adabiyoti mumtoz shoirlar…