📌“Bilimdon bolalar”

📔Kutubxona bilan yaqindan tanishtirish va yozgi ta’tilni maroqli kitoblar dunyosi bilan otkazish maqsadida Jomboy tuman “Qaldirgoch” bolalar oromgohida A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan sayyor tadbir tashkil etildi. 🖇Tadbir davomida, Axborot- kutubxona markazi xodimlari tomonidan bolajonlar o’rtasida kitob targ`iboti va turli kreativ o’yinlar tashkil qilindi.

📚Kitobxonlik oiladan boshlanadi

📚Jamiyat, millatning rivojlanishi, taraqqiy etish tarixiga nazar tashlaydigan bo`lsak, bilimli, ma’naviyatli va ma’rifatli yoshlarining jamiyat yuksalishida o’rni beqiyos. Bunday yoshlarni barkamol etib tarbiyalovchi asosiy omillardan biri-mutolaa qilish vositasi kitob hisoblangan. Kitobxonlik amalda keng joriy etish jarayonida birinchi navbatda mavjud kutubxonalar asosiy ro’l o’ynaydi.Bugun Kitobxonlikni targ’ib qilish maqsadida A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida ” Kitobxonlik oiladan…