Ko’chma_kutubxona

A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot kutubxona markazi Samarqand tuman “Mirishkor” mahalla fuqarolar yig’ini o’rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi. Maqsad aholi o’rtasida Respublikamizda o’tkaziladigan muhim sanalarga bag’ishlangan madaniy-ma’rifiy va kitobxonlikga chorlovchi tadbirlarni uyushtirib borish, hamda aholi ayniqsa yoshlar va uy bekalarni kutobxonlikga jalb etishdan iboratdir.

📚Tahlil samaradorlikka yetaklaydi

A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida AKM bo‘limlarining faoliyati bo‘yicha 6 oylik tahliliy hisoboti bo‘lib o‘tdi. Tahlil davomida, AKM bo‘limlarning 6 oy davomida bajargan ishlari ko‘rib chiqib, kamchiliklar yuzasidan masullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, yangi loyiha hamda tashabbus bilan chiqqan bo‘limlarning ishlari namuna sifatida alohida ta’kidlanib o‘tilib, kelgusida rivojlantirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.