“Bir bo’lsak yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!”

Bugun A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Vatanimiz Mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan “Bir bo’lsak yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida Samarqand Ijtimoiy qo’llab-quvvatlash markazida ijodiy uchrashuv tashkil etildi. Ushbu uchrashuvda O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyat bo’limi bosh mutaxassisi Zuxra Eshonqulova, Samarqand shahar “Nuroniy” jamg’armasi bo’limi raisi Xurshid Nurullayev, Samarqand viloyat “Nuroniy” jamg’armasi…

Samarqand viloyat garnizonida kitob taqdimoti tashkil etildi

A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot kutubxona markazi Samarqand garnizonidagi harbiy qism hamkorligida O’lmas Umarbekov ijodiga bag’ishlab tadbir o’tkazildi. Unda yozuvchi hayoti va ijodiga bag’ishlangan viderolik namoyishi, hamda axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Odam bo’lish qiyin”, “Fotima va Zuhra”, O’lmas Umarbekov tanlangan asarlar” nomli kitoblar taqdimoti tashikl etildi. Tadbir so’ngida ishtirokchilar o’z fikr mulohazalari bilan o’zaro o’rtoqlashdilar.

“Biz bir bo’lsak -yagona xalqmiz, birlashsak-Vatan”

Bundan roppa-rosa o‘ttiz uch yil muqaddam O‘zbekiston o‘z mustaqilligini e’lon qildi. O‘tgan davrda xalqimiz qancha sinovlarni boshidan o‘tkazdi, ko‘plab qiyinchilik va mashaqqatlarni birgalikda yengdi. O‘zbekiston o‘z suvereniteti, davlat mustaqilligiga osonlik bilan erishgani yo‘q. Bu yo‘lda ajdodlarimizning siyosiy va ma’rifiy intilishlari so‘nggi bir yarim asr davomida deyarli to‘xtamadi. Hurriyat uchun kurashgan ko‘plab Vatan fidoyilari qatag‘on etildi,…

Kitob ko’rgazma

A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazining Xalqaro aloqalar o’quv zalida 🇺🇿Mustaqilligimizning 33 yilligi munosabati bilan 🇺🇿 “Qadang yuraklarga millat ko’zgusin!” nomli kitob ko’rgazma tashkil qilindi… Keling…, ingliz, nemis, fransuz tillarida mutolaa qiling!!!

Ma’naviyat va ma’rifat soati

A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida AKM xodimlari uchun ma’naviyat va ma’rifat soati otkazildi. Bu ma’naviyat va ma’rifat soatida sport yangiliklari, manaviyat kalendari, dress-kod va songgi yangiliklar haqida malumotlar berildi.

Tanlov g’oliblari aniqlandi

Bugun A.S.Pushkin nomidagi viloyat-axborot kutubxona markazida O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan e’lon qilingan”Vatanim-bu muqaddas maskan” tanlovining g’oliblarini taqdirlandi. ‼️Eslatib o’tamiz: tanlov natijalariga ko’ra:1-o’rin Samarqand viloyati Kattaqo’rg’on shahar 14-IDUM ning 10-sinf o’quvchisi Lutfullayeva Sarvinoz2-o’rin Farg’ona viloyati oltiariq tumani 1- umumiy o’rta ta’lim maktabi 7-“G” sinf o’quvchisi Hasanov Muhammadyusuf3-o’rin Samarqand viloyati Ishtixon tumani 26-umumiy oʻrta…