Ko’chma kutubxona

Aholiga axborot -kutubxona xizmati ko‘rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish hamda “Kitobsevar millat” umummilliy g‘oyasini ro‘yobga chiqarish maqsadida kutubxona xodimlari tomonidan 22-Avgust kuni Samarqand shahar “Ahmad Yassaviy” mahallasida ko’chma kutubxona tashkil etildi hamda ma’naviy- ma’rifiy tadbirlar o’tkazish bo’yicha shartnoma tuzildi. Ko’chma kutubxona tashkil qilish uchun berilgan adabiyotlarga mahalla tomonidan javobgar shaxs tayinlandi.Ko’chma kutubxona tashkil qilish…

Kitob taqdimoti

Bugun A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot kutubxona markazida olis Qo’shrabot tumanida uzoq yillar ona tili va adabiyot fanidan dars bergan faxriy o’qituvchi Musharraf Xo’jabekovaning “Vatanim” nomli saylanmasi taqdimoti o’tkazildi. Ushbu tadbirda Samarqand viloyat Yozuvchilar uyushmasi bosh mutaxassisi Zuhra Eshonqulova, Yozuvchilar uyushmasi a’zolari Xurshid Nurullayev, Hamida Karimovalar, Qo’shrabot tumanining mahalliy nashri hisoblangan “Istiqbol sari” gazetasida uzoq yillardan…

Kitobxon ona kitobxon bola

A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida “Kitobxon ona – kitobxon bola” mavzusida uchrashuv kecha tashkil qilindi. Ushbu uchrashuv kechaga Qo’shrabot tumanidan  Safarovlar oilasi tashrif buyurdilar. Ular o’zlari sevib mutolaa qilgan asarlari, sevimli asar qahramonlari haqida kitobxonlarga so’zlab berdi. Tadbir so’ngida kitobxon oila a’zolari axborot-kutubxona markazining tashakkurnoma va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

Davra suhbati

Bugun A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot kutubxona markazi kasaba uyushmasi O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiya Samarqand viloyat Boshqarmasi bilan hamkorlikda “Giyohvandlik -umr zavoli” nomli davra suhbati tashkil qilindi. Ushbu davra suhbatida harbiy xizmatchilar o’zlarining fikr-mulohazalari va giyohvandlik haqidagi taqdimotlari bilan faol ishtirok etdilar. Tadbir so’ngida faol harbiy xizmatchilar axborot-kutubxona markazining tashakkurxonalari bilan taqdirlandilar.