INFOLIB 2024

Samarqand viloyati axborot-kutubxona tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlari bilan hamkorligi, yozuvlardagi xato va kamchiliklar Bugun Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi xodimi Gulbahor Raximova o‘zining “Samarqand viloyati axborot-kutubxona tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlari bilan hamkorligi, yozuvlardagi xato va kamchiliklar” mavzusidagi ma‘ruzasi bilan ishtirok etdi.

INFOLIB O’ZBEKISTON 2024

Bugun Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazi hamda tuman, (shahar) AKM mutaxassis xodimlari “INFOLIB O’ZBEKISTON-2024” XIII Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida “Hisobot jadvallarini tizimlashtirilgan veb saytda onlayn yuritish tartibi” mavzusida tashkil etilgan seminar-treningda onlayn ishtirok etdi.

She’riyat kechasi

2024-yilning 22-oktabr kuni Payariq tuman Chelak shahrida joylashgan Ma’rifat markazida “INFOLIB O’ZBEKISTON – 2024” XIII Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida faol kitobxonlar ishtirokida she’riyat kechasi bo’lib o’tdi. Ushbu kechada she’riyatga oshno yoshlar o’zlari sevib yod olgan she’rlari bilan faol ishtirok etdilar.

Til- millat ko’zgusi

Ona tilimiz – millatimiz ruhi. U bizning borliq va boyligimiz. U ko‘nglimiz mulki, davlatimiz ulug‘ timsolidir. 35 yil muqaddam o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan edi. Shu munosabat bilan, “INFOLIB OʻZBEKISTON-2024” XIII Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida “Til- millat ko’zgusi” mavzusidagi 58-maktab o’quvchilari ishtirok etishdi. Tadbir yakunida faol ishtirok etgan o’quvchilar, o’qituvchilar Axborot-kutubxona markazi tomonidan estalik…

O’quv seminari

“INFOLIB O’ZBEKISTON-2024” XIII MILLIY AXBOROT-KUTUBXONA HAFTALIGI doirasida “Yig’ma elektron katalog tizimida malaka oshirish o’quv darslari” mavzusida tashkil etilgan o’quv seminarida A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi va tuman (shahar) AKM mutaxassislari ham Zoom platformasi orqali ishtirok etmoqdalar.

INFOLIB 2024

“INFOLIB OʻZBEKISTON-2024” XIII Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida Samarqand shahar 17 – umumiy o’rta ta`lim maktabi bilan hamkorlikda Pirimqul Qodirovning «Yulduzli tunlar» asariga bag’ishlangan badiiy kecha o’tkazildi. Tadbirda o’quvchilar tomonidan turli xil sahna ko’rinishlari, musiqali-badiiy chiqishlar va viktorina o’tkazildi. Tadbir so’ngida faol qatnashgan o’quvchilarga viloyat axborot-kutubxona markazi tomonidan tashakkurnoma va…