“Samarqand shahri tarixini bilasizmi”

Joriy yilning 18-oktabr kuni, 18-oktabr-Samarqand shahri kuni! Har bir Samarqandlikning ko’ksida ajib bir faxr va g’urur tuyg’ularini uyg’otovchi ushbu kun 1996-yildan buyon keng nishonlanib kelinmoqda. Samarqand shahar kuni xalqimizning milliy qadriyatiga, bayramiga aylanib ulgurdi.Shu munosabat bilan, A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida Samarqand davlat universiteti, Samarqand davlat arxitektura va qurilish universiteti, Samarqand shahar 4 -umumta’lim maktabi…

Tilimiz-milliy faxrimiz

A.S.Pushkin nomidagi axborot kutubxona markazi tomonidan 21-oktabr o’zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Samarqand shahrida joylashgan 13060 harbiy qismda sayyor tadbir bo’lib o’tdi.Tadbirda harbiy xizmatchilarga o’zbek tilining ulkan tarixiy silsilalardan omon o’tib, milliy o’zligimizning ulug’vorligi , matonati va barhayotligini o’zida aks ettirgan timsol sifatida qadrlanishi haqida ma’lumotlar berildi.

“INFOLIB O’ZBEKISTON – 2024 ” XIII Milliy Axborot-kutubxona haftaligi IV-Yosh kutubxonachilar forumining tantanali ochilish marosimi Kattaqo’rg’on shahar Axborot-kutubxona markazida boʻlib oʻtdi.

Ochilish marosimda Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi o‘rinbosari J.G’aniyev, Kattaqo’rg’on shahar Yoshlar ishlari agentligi bo‘limi boshlig‘i v.v.b. B.Kuziyev hamda Kattaqo’rg’onlik iqtidorli shoira F.Abdullayeva tashrif buyurishdilar. Tadbirni Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi o‘rinbosari J.G’aniyev tantanali ochib berdi. Infolib O’zbekiston-2024 haftaligi doirasida shahrimizdagi 3-umumta’lim maktab o’quvchilari hamkorlikda “Yaxshi kitob-beg‘araz ustoz”, “Ona tilim-jonu dilim” nomli badiiy kecha bo’lib o’tdi.

“Betgerxonlik – 2024” “Oʻzbekistonda maʼnaviy merosni asrashda kutubxonalarning roli” mavzusida ilmiy anjuman

Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan ZOOM platformasi orqali barcha viloyat axborot-kutubxona markazlari uchun“Betgerxonlik – 2024” “Oʻzbekistonda maʼnaviy merosni asrashda kutubxonalarning roli” mavzusida ilmiy anjuman bo’lib o’tmoqda.Ilmiy anjumanda A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi xodimlari ham faol ishtirok etishmoqda.

“Til yashasa, millat yashaydi”

A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida #INFOLIB_O’ZBEKISTAN_2024 haftaligi doirasida Samarqand tuman 54-maktab bilan hamkorlikda “Til yashasa, millat yashaydi” nomli badiiy kecha bo’lib o’tmoqda.Tadbirda o’quvchilar tomonidan tayyorlab kelingan til bayramiga oid she’r, ashula, sahna ko’rinishlari ijro etilmoqda.

Kitob ko’rgazmasi

Til yashasa, millat yashaydi Alisher Navoiy nomidagi markaziy istirohat bog’ida o’zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganiga 35 yil to’lishi munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbirida A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi tomonidan kitob ko’rgazmasi tashkil etildi.