Samarqand – Sharqning bebaho marvaridi

A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida 18-oktabr – Samarqand shahri kuniga bag’ishlab “Samarqand – Sharqning bebaho marvaridi” nomli ko’rgazma tashkil qilindi.

Xalqaro aloqalarni tashkil qilish yo’lida

Bugun A.S. Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markaziga Xitoyning Shanxay san’at muzeyi prezidenti Xu Mu Chin boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Tashrif davomida, ikki davlatning kutubxonalari hamda sohaga doir yangilik va ma’lumotlarni almashib turish maqsadida shartnoma tuzish bo’yicha bir qancha takliflar bildirilib, kutubxona bo’ylab sayohat tashkil etildi.

Samarqand – Sharqning bebaho marvaridi

Bugun A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida Samarqand shahar 21- hamda 46-umumta’lim maktablari va Samarqand shahar 22-son musiqa va san’at maktabi bilan hamkorlikda 18-oktabr – Samarqand shahar kuniga bag’ishlab “Samarqand – Sharqning bebaho marvaridi” nomli badiiy-musiqiy kecha bo’lib o’tdi. Ushbu badiiy-musiqiy kechada o’quvchi yoshlar o’zlarining Samarqand haqidagi she’rlari, qo’shiq hamda raqslari bilan ishtirok etishdi. Tadbir so’ngida…

Shahrimizdagi tarixiy qadamjolar—Historical landmarks in our city

Qusam Ibn Аbbos majmuasi Qusam Ibn Аbbos majmuasi Shimoliy qismdagi chortoq majmuaning asosi sari yoʼl boshlaydi. Uning kirishida Muhammad (sollallohu alayhi vassalam)ning quyidagi hadislari yozilgan. Qusam ibn Аbbos maqbarasi majmuadagi eng asosiy va qadimiy maqbara hisoblanadi. Maqbara xilxona va ziyoratxonadan iborat. Ularning har birini oʼziga xos ziyorat qilish odoblari bor. Maqbarada Qusam ibn Аbbosning qabri…

Kutubxonada sayohat    

A.S. Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida Toyloq tuman ixtisoslashtirilgan maktab o’quvchilari bilan “Qiziqarli kutubxonada” nomli ekskursiya tashkil etildi. Mutaxassislar kutubxonadagi sharoitlar, kitoblar va elektron ma’lumot bazalari haqida qiziqarli ma’lumotlar taqdim etdi. Ekskursiya davomida o’quvchilar o’z savollariga javoblar olib, kutubxona faoliyati haqida o’z fikrlarini bildirdi.

Ko’chma kutubxona

Aholiga axborot-kutubxona xizmati ko’rsatishni yanada rivojlantirish, kitob mutolaasi va “Kitobsevar millat” umummilliy g’oyasini amalga oshirish bo’yicha “Moviy jamadon tashrifi” loyihasi doirasidagi navbatdagi ko’chma kutubxona Samarqand shahar 46-umumta’lim maktabida tashkil etildi.