Ko’chma kutubxona

Aholiga axborot-kutubxona xizmati ko’rsatishni yanada rivojlantirish, kitob mutolaasi va “Kitobsevar millat” umummilliy g’oyasini amalga oshirish bo’yicha “Moviy jamadon tashrifi” loyihasi doirasidagi navbatdagi ko’chma kutubxona Samarqand shahar 46-umumta’lim maktabida tashkil etildi.

Kutubxonada sayohat    

A.S. Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida Samarqand shahar 45-maktab o’quvchilari bilan “Qiziqarli kutubxonada” nomli ekskursiya tashkil etildi. Mutaxassislar kutubxonadagi sharoitlar, kitoblar va elektron ma’lumot bazalari haqida qiziqarli ma’lumotlar taqdim etdi. Ekskursiya davomida talabalar o’z savollariga javoblar olib, kutubxona faoliyati haqida o’z fikrlarini bildirdi.

O’zbek tili qanday paydo bo’lgani va qanday rivojlangani haqida bilasizmi?

Maqolani boshi… https://t.me/samlibuz/1059Qadimgi turkiy til Ushbu bosqich V-XI asrlarga tegishli. Turklar Sirdaryo, Amudaryo va Zarafshon qirg’oqlari bo’ylab hind-eron qabilalari aholisini asta-sekin chiqarib yuborishgan. Aloqa vositasi qadimgi turkiy til bo’lib, uning asosida keyinchalik ko’plab Osiyo tillari paydo bo’lgan. Bugungi kunda qadimgi turkiy yozuvning faqat o’sha davrga tegishli madaniy yodgorliklarda tasvirlangan qismlari mavjud.

Uchrashuv

So’rasang elimni,Qojban, bizlardan,Qalpog’i qozonday ellarim bordir.Xato chiqsa kechiringlar sherlardanXitoy, qo’ng’irot otli ellarim bordir! Joriy yilning 15-oktabr kuni A.S Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot- kutubxona markazi hamda O‘zbekiston-Finlandiya Pedagogika instituti hamkorligida Qoraqalpog’iston xalqining shoiri Ajiniyoz Qo’siboy o’g’li tavalludining 200 yilligi munosabati bilan badiiy uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuvda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi a’lochisi,…

Ko’chma kutubxona

Aholiga axborot – kutubxona xizmat ko‘rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish hamda “Kitobsevar millat” umummilliy g‘oyasini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha “Moviy jamadon tashrifi” loyihasi asosida A.S.Pushkin nomidagi axborot-kutubxona markazi tomonidan Toshkent iqtisodiyot Universiteti Samarqand filialida ko’chma kutubxona tashkil etildi hamda ma’naviy – ma’rifiy tadbirlar o’tkazish bo’yicha shartnoma tuzildi.