O’zbek tilining javohirlari

Qadrli A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot- kutubxona markazining kitobxonlari. Endi siz “O’zbek tili javohirlari” rukni ostida “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da uchraydigan jozibador so‘zlarning sharhi bilan tanishib borishingiz mumkin.

O’zbek tili qanday paydo bo’lgani va qanday rivojlangani haqida bilasizmi?

O’zbek tilining paydo bo’lishi va rivojlanishi tarixi uning ona tilida so’zlashuvchilarning tarixi bilan chambarchas bog’liqdir. O‘zbek xalqi kabi bir millatning paydo bo‘lishi turkiy va eron tillarini birlashtiruvchi bir qator etnik guruhlarning birlashishi bilan bog‘liq edi. Buni orasida katta farq bo’lgan o‘zbek lahjasidagi dialektlarning ko‘pligidan bilish mumkin.O’zbek tilining rivojlanish tarixini uch bosqichga bo’lish mumkin: qadimgi turkiy,…

Kutubxonada_sayohat    

A.S. Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida Samarqand davlat iqtisodiyot va servis instituti talabalari bilan “Qiziqarli kutubxonada” nomli ekskursiya tashkil etildi. Mutaxassislar kutubxonadagi sharoitlar, kitoblar va elektron ma’lumot bazalari haqida qiziqarli ma’lumotlar taqdim etdi. Ekskursiya davomida talabalar o’z savollariga javoblar olib, kutubxona faoliyati haqida o’z fikrlarini bildirdi.

Uyda kutubxona yaratish uchun kerakli maslahatlar:

Ma’lumotlarga ko‘ra, 80% kitobxonlarning orzusi shaxsiy kutubxonasi bo‘lishi ekan. Mazkur postda 80% kitobxonlarga kerakli maslahatlarni ulashamiz.✨ 1️⃣. Joy tanlang va uni tartiblang.Har bir burchakni muayyan mavzu yoki janrga bag‘ishlang, masalan, fantastika yoki klassik adabiyot. Bu bilan shaxsiy kutubxonangizni tartibli qila olasiz. 2️⃣. Kitoblarning ro‘yxatini shakllantiring.Har oy yoki yil uchun o‘qish ro‘yxatini tuzing va har bir…

Kutubxona bo’ylab sayohat davom etmoqda

Bugun A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida Toshkent Davlat Iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali iqtisodiyot fakulteti bilan kutubxona bo’ylab sayohat tashkil etildi. Xodimlar o’quvchilarga kutubxona fondi, tashkil etilayotgan tadbirlar, loyihalar haqida ma’lumotlar berdi.

Bibliografik sharh

Navbatdagi bibliografik sharh A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida AKM mutaxassislari uchun navbatdagi bibliografik sharh bo’lib o’tdi. Bibliografik sharhdan hafta davomida axborot-kutubxona fondiga kelib tushgan yangi adabiyotlar hamda davriy nashrlardagi qiziqarli maqolalar haqida ma’lumotlar aytib o’tildi.