“Yilning eng yaxshi axborot-kutubxona mutaxassisi” ko’rik tanlovining II viloyat bosqichi g‘oliblari aniqlandi

Samarqand viloyati A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida “Yilning eng yaxshi axborot-kutubxona mutaxassisi-2024” ko‘rik tanlovining II viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tanlov natijalariga ko‘ra:I o‘rin Kattaqo‘rg‘on shahar AKM xodimi N.Inatullayeva;II o‘rin Viloyat AKM xodimi S.SalimovaIII o’rin Urgut TAKM xodimi M.Safoyevalarga nasib etdi. Tanlov g‘oliblari va faol qatnashganlarga maxsus diplom, sertifikatlar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

“ Mirzo Ulug’bek ilm saltanatining sultoni”

A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida buyuk qomusiy olim va mashhur davlat arbobi Mirzo Ulug’bek tavalludining 630 yilligiga bag’ishlangan “ Mirzo Ulug’bek ilm saltanatining sultoni” tadbiri bo’lib o’tdi. Tadbirda Samarqand Davlat Universiteti tarix va manbaashunoslik fakultetining dosenti Abriyev Hazratqul Bo’ronovich, Mirzo Ulug’bek majmuasining ekskursavodi Sirojiddinov Ikromiddin Kamoliddinovichlar Ulug’bek haqida ma’lumotlar berib o’tdilar. Samarqand Davlat Universiteti o’zbek…

Ayni paytda

A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida “Yilning eng yaxshi axborot-kutubxona mutaxassisi-2024” ko‘rik tanlovining viloyat bosqichining 1-sharti bo‘yicha Booktuber – yangi shakldagi kitob ekspertlari bo‘yicha bellashishdi. Natijalar e’lon qilingandan so‘ng, 2-shartga start berildi. 2-shart erkin mavzu bo’lib, ushbu shartda ishtirokchi o’z qobiliyatidan kelib chiqqan holda mahoratini namoyon etadi. Ushbu shart uchun 5 daqiqa vaqt ajratiladi.

Yilning eng yaxshi axborot-kutubxona mutaxassisi-2024

Avval xabar berganimizdek, A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida “Yilning eng yaxshi axborot-kutubxona mutaxassisi-2024” ko‘rik tanlovining viloyat bosqichining Booktuber – yangi shakldagi kitob ekspertlari sharti bo‘yicha bellashishmoqda.

E’LON

“Yilning eng yaxshi Axborot-kutubxona mutaxassisi – 2024” respublikako‘rik-tanlovining viloyat bosqichi O‘tkazilish vaqti: 2024-yil 3-oktyabr, soat 9:00 da O‘tkazilish joyi: A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat Axborot-kutubxona markazi