Ayni paytda A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida “Ochiq eshiklar haftaligi” boshlandi.
Haftalikning ochilish marosimida O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyati bo‘limi rahbari T.Tugalov, Samarqand viloyat AKM direktori Z. Shodiyeva hamda kutubxonachi va kitobxonlar, maktab o’qituvchilari va o’quvchilar ishtirok etishmoqda.
Ochilish marosimida musiqa va san’at maktabining mahoratli doira jamoasi hamda “Timur-Fayz” nodavlat ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilari o‘zining chiqishlari bilan tadbirni ko‘tarinki kayfiyatda boshlab berishdi.