🏛 “Ochiq eshiklar haftaligi” doirasida A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida 46-umumiy o’rta ta’lim maktabining o’quvchilari tashrif buyurishdi.
💁‍♀️Mutaxassislar tomonidan kutubxona tarixi, kutubxonada yaratilgan sharoitlar, nodir adabiyotlar, kutubxona loyihalari bo’yicha faoliyat yuritayotgan elektron ma’lumot bazalari  haqida batafsil ma’lumotlar berib o’tildi.

👥Ekskursiya yakunida talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi va kutubxona haqida fikrlarini biz bilan baham ko’rishdi.