“Ochiq eshiklar haftaligi” doirasida Samarqand davlat universitetining iqtisodiyot fakulteti 1-bosqich talabalari uchun “Tanishing yangi adabiyotlar” nomli taqdimot tashkil etildi. Ushbu tadbirda 30 dan ortiq yangi adabiyotlar tanishtirildi. Mutaxassislar tomonidan o’tkaziladigan taqdimotda, talabalar ushbu yangi adabiyotlarning mazmuni, ularning ilmiy va amaliy ahamiyati haqida batafsil ma’lumot olishdi. Tadbirning maqsadi talabalarga yangi nashrlar bilan tanishish, ularning o’qish va tadqiqotlarida foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishdir.