“Ochiq eshiklar haftaligi” munosabati bilan A.S. Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi Samarqand shahar bo‘limi rahbari, Zulfiya mukofoti sovrindori Farangiz Xudoyorova bilan “Viloyatimdagi tengdoshim” nomli davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda Samarqand viloyati IIB yosh xodimlari, Milliy gvardiya Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari va SAMDU matematika fakulteti talabalari ishtirok etdilar.