“Ochiq eshiklar haftaligi” doirasida A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida “Kitob va kitobxonlik – inson ma’naviyatini ko’zgusi” g’oyasi ostida Samarqand viloyat Pedagogik mahorat markazining Axborot xizmati rahbari, jurnalist Qo’ziyeva Shahlo Ergashevnaning “Kuz haqiqatlari” kitobi,Yozuvchilar uyushmasi a’zosi shoira Marziya G’afforovaning “Sho’x bolajon” va shoira Gulandom Suvonovaning “Hayot saboqlari” nomli kitoblar taqdimoti bo’lib o’tdi.Tadbirda O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi Samarqand bo’limi rahbari Toshpulat Tugalov hamda O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va Jurnalistlar ijodiy uyushmasi a’zosi, Yozuvchilar uyushmasining viloyat bo’limi bosh mutaxassisi, shoira va publisist Zuhra Begim tashrif buyurdilar.