“Ochiq eshiklar haftaligi” doirasida A.S. Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida O’zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti Tillar fakultetining o’qituvchisi Xudoyqulov O’lmasbek boshchiligida 1-bosqich talabalari uchun “Qiziqarli kutubxonada” nomli ekskursiya tashkil etildi.

Mutaxassislar kutubxonadagi sharoitlar, kitoblar va elektron ma’lumot bazalari haqida qiziqarli ma’lumotlar taqdim etdilar. Ekskursiya davomida o’quvchilar o’z savollariga javoblar olib, kutubxona faoliyati haqida o’z fikrlarini bildirdilar. Bunday tadbirlar talabalar uchun bilim olish jarayonini yanada qiziqarli va foydali qiladi.