📚USTOZ HAYOTIMIZ CHIROG’I

📖Xalqimizda ilm o’rganmoq igna bilan quduq qazishga qiyoslanadi. Ustoz bu ishga butun borlig’ini, mehrini baxsh etadi.

Darhaqiqat, minglab murg’ak qalblarga oqu-qorani tanitadigan, ezgulik yog’dusini baxsh etadigan, kelajakka tiyrak nigoh tashlashga o’rgatadigan, yoshlar qalbida ertangi kunga qat’iy ishonch uyg’otadigan, shogirdlari uchun hayotning achchiq-chuchuk sinovlarida doimo yordamga shay turadigan, qoqilsa – suyab, yiqilsa – turg’izadigan, yutuqlaridan boladek quvonadigan o’qituvchi va murabbiylar mehnatining o’lchovi, qiyosi yo’q.

📖Qadrli ustozlar, A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot kutubxona markazi jamoasi nomidan sizlarni kasb bayramingiz bilan samimiy tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, baxt-u saodat, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik tilayman. Sharafli kasbingizda muvafaqqiyatlar yor bo’lsin!

Hurmat bilan,
Zebiniso Shodiyeva