Fransiyalik tarixchi olim, adib Marsel Brionning Buyuk bobomiz Amir Temur haqidagi mazkur kitobi AQSH va G’arbiy Yevropa davlatlarida bir necha marotaba chop etilgan bo’lib, eng sara asarlar qatoriga kiradi.

E’tiborli jihati shundaki, Brion tomonidan tartib berilgan ushbu kitob to’laligicha Sohibqiron Amir Temurning o’z qo’li bilan yozilgan estaliklaridan iborat. Uning fors tilidagi yagona nusxasi Yaman hukmdori Ja’far Podsho kutubxonasida saqlangan, keyinchalik esa Angliyaga olib ketilgan.

Mazkur asarni o’qish asnosida ulug’ bobokalonimizning o’ziga xos jihatlari bilan ham tanishasiz, faoliyati qanchalar ibratli ekanligiga amin bo’lasiz. Kitobda bayon etilgan Amir Temurning hayoti va faoliyati barcha uchun birdek saboq maktabi bo’lishi shubhasiz.