So’rasang elimni,Qojban, bizlardan,
Qalpog’i qozonday ellarim bordir.
Xato chiqsa kechiringlar sherlardan
Xitoy, qo’ng’irot otli ellarim bordir!

Joriy yilning 15-oktabr kuni A.S Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot- kutubxona markazi hamda O‘zbekiston-Finlandiya Pedagogika instituti hamkorligida Qoraqalpog’iston xalqining shoiri Ajiniyoz Qo’siboy o’g’li tavalludining 200 yilligi munosabati bilan badiiy uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi a’lochisi, yozuvchi shoira Ra’no Odilova; O‘zbekiston-Finlandiya Pedagogika instituti Tillar fakulteti o‘zbek tili va adabiyoti kafedra mudiri Yoqubov Ixtiyor Hamdamovich hamda O‘zbekiston-Finlandiya Pedagogika instituti o‘qituvchilari Sayidqulov G‘iyosiddin Davronqul o‘g‘li va Xudayqulov Ulmasbek Shuxratovichlar ishtirok etib, fikrlari bilan o’rtoqlashishdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan shoir Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li qalamiga mansub she’rlaridan namunalar o‘qib eshittirildi.