Bugun A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida Samarqand shahar 21- hamda 46-umumta’lim maktablari va Samarqand shahar 22-son musiqa va san’at maktabi bilan hamkorlikda 18-oktabr – Samarqand shahar kuniga bag’ishlab “Samarqand – Sharqning bebaho marvaridi” nomli badiiy-musiqiy kecha bo’lib o’tdi. Ushbu badiiy-musiqiy kechada o’quvchi yoshlar o’zlarining Samarqand haqidagi she’rlari, qo’shiq hamda raqslari bilan ishtirok etishdi. Tadbir so’ngida faol ishtirok etgan maktab jamoalarga axborot-kutubxona markazining tashakkurnomalari va esdalik sovg’alari topshirildi.