O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi “O’zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko’rsatishni yanada takomillashtirish to’g’risida”gi qarorining 2019-2024-yillarda O’zbekiston Respublikasida axborot-kutubxona sohasini rivojlantirish bo’yicha chora-tadbirlar dasturi” ijrosini ta’minlash maqsadida, joriy yilning 21-25-oktabr kunlari Respublika bo’ylab “INFOLIB O’ZBEKISTAN -2024” XIII Milliy axborot-kutubxona haftaligi o’tkazilmoqda.
Mazkur haftalikini o‘tkazishdan asosiy maqsad – axborot-kutubxona foydalanuvchilarga yuqori darajada xizmat ko‘rsatish hamda kutubxona sohasida faoliyat yuritayotgan xodimlarni rag‘batlantirish, yoshlarda mutolaaga bo‘lgan mehrni oshirish, aholiga axborot-kutubxona xizmatlari ko‘rsatishni tashkil etishda kutubxonachilar o‘rtasida tajriba almashish va ilg‘or tajribalarni hududlarga borib joriy etishdan iboratdir.

Ayni paytda A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida

“INFOLIB O’ZBEKISTAN -2024” Milliy axborot-kutubxona haftaligining ochilishi bo’lmoqda. Tadbir Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxona tomonidan ZOOM plarformasi orqali Zoom platformasi orqali barcha viloyat axborot-kutubxona markazlarida tashkil etilgan bo’lib, Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazidan, Samarqand viloyati hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʼyicha oʼrinbosari – Turizm bosh boshqarmasi boshligʼi Rustam Qobilov, Viloyat hokimining o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Samarqand viloyati hokimligi huzuridagi oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha bosh boshqarmasi boshlig‘i Zebiniso Rahmonova, Аxborot va Ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hududiy boshqarma boshlug’i Mannob Idodullayev , O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zolari, keng jamoatchilik vakillari, Samarqand tuman 54-maktab o’quvchilari ishtirok etishmoqda.