Joriy yilning 18-oktabr kuni, 18-oktabr-Samarqand shahri kuni! Har bir Samarqandlikning ko’ksida ajib bir faxr va g’urur tuyg’ularini uyg’otovchi ushbu kun 1996-yildan buyon keng nishonlanib kelinmoqda. Samarqand shahar kuni xalqimizning milliy qadriyatiga, bayramiga aylanib ulgurdi.
Shu munosabat bilan, A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida Samarqand davlat universiteti, Samarqand davlat arxitektura va qurilish universiteti, Samarqand shahar 4 -umumta’lim maktabi bilan hamkorlikda “Samarqand shahri tarixini bilasizmi” viktorinasi tashkil etildi. Tadbirda faol qatnashganlar kutubxonaning tashakkurnomasi hamda esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.