Kutubxona kecha va bugun Kutubxonalarga milliy madaniyat va ma’naviyatni saqlash, tiklash, ilmiy-texnik taraqqiyotni rivojlantirish, o’quv jarayonini takomillashtirishda yetakchi rollardan biri berilgan. Bugungi kunda tarixiy binoda joylashgan kutubxona butunlay yangicha, zamonaviy ko‘rinishga ega bo’ldi. Yangi bino to’liq modernizatsiya qilinib – 500 o’quvchiga mo’ljallanganligi bilan birga zamonaviy uskunalar va axborot texnologiyalari bilan jihozlandi. Kapital ta’mirdan so’ng kutubxonada yangi xizmat ko’rsatish turlari tashkil etildi: zamonaviy ko’rinishga ega bo’lgan bolalar xonasi, qadimiy kitoblar namoyish etiladigan muzey ekspozitsiyasi, multimedia xonasi, ovoz yozish studiyasi, yangi adabiyotlar uchun ko’rgazma maydoni, electron kitoblar va kompyuterlardan foydalanish zali, uchrashuvlar va munozaralar zali. Kutubxona o’z o’quvchilarini kutib olishga va barchani kitob ko’rgazmalari, sevimli adabiyot yangiliklari va ijodiy uchrashuvlarning iliqligi bilan xursand qilishga tayyor! Kutubxona kitobxonlarning ma’naviy ongi va aqliy salohiyatini rivojlantirish uchun imkoniyatlar yaratadi. Kutubxona ilk bor 1911 yil dekabrda ochilgan bo’lib, uning tashkilotchilaridan biri taniqli o’lkashunos va arxeolog V.L.Vyatkin bo’lgan.