Bugun A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida har oyning 17-sanasida an’anaviy tarzda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan o‘tkazib kelinayotgan “Kitobxon onalar kuni” tadbiri bo’lib o’tdi.

Tadbirda Samarqand shahar mahallaridagi xotin-qizlar faollari ishtirok etishdi. Tadbir davomida A.S.Pushkin nomidagi viloyat  axborot- kutubxona markazi xodimlari tomonidan kutubxona hamda kitoblar haqida ma’lumotlar berib o’tildi. Shuningdek, hozirgi kunda kitoblarning inson hayotida o’rni hamda yoshlar uchun o’qib chiqilishi kerak bo’lgan asarlar haqida tadbir ishtirokchilari bilan fikr almashildi.