O’ Henri – Amerika hikoyachiligining o‘ziga xos tipini yaratgan adib. Uning hikoyalari butun dunyoda sevib mutolaa qilinadi. Yumorning kuchliligi, kinoya, qiyos, parodiya kabi usullarning samarali ishlatilganligi, eng muhimi, muallifning oddiy mehnatkash-kichik insonga samimiy muhabbati, olijanoblik va sofdillikni madh etishi va boshqalar O’Henri hikoyalariga olamshumul shuhrat keltirdi.

Uning asarlarida ko‘pincha bosh qahramonlar mayda firibgarlar bo‘lishsada, ammo muallif ulardan ijobiy qiyofa yaratishni ustalik bilan uddalaydi. Shuningdek, hikoyalar syujetiga bog‘liq yoki bog‘liq bo‘lmagan holda asar yakunidagi mutlaqo kutilmagan yechim o‘quvchilarni hayratga solib qo‘yadi. Bu o‘ziga xos, aniqrog‘i, O’Henriga xos usul uning hikoyalarini yanada qiziqib o‘qishga undaydi, ijodiga maftun etadi.

Kutubxonamiz fondida mavjud ushbu asarda ham O’ Henrining o’ziga xos hikoyalari to’plami o’rin olgan.