A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat  axborot- kutubxona markazida Samarqand shaharidagi “Yuksalish” nomli xususiy maktabining 4-sinf o`quvchilari bilan “Qiziqarli kutubxonada” nomli  kutubxona bo‘ylab ekskursiya tashkil qilindi.
Mutaxassislar tomonidan kutubxonada yaratilgan sharoitlar, kitoblar olami, kutubxona loyihalari bo’yicha faoliyat yuritayotgan elektron ma’lumot bazalari  haqida batafsil ma’lumotlar berib o’tildi.
Ekskursiya davomida bir guruh o’qituvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi va kutubxonamizga a’zo bo’lishdi.