Kutubxona bilan yaqindan tanishtirish va yozgi ta’tilni maroqli kitoblar dunyosi bilan otkazish maqsadida A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi xodimlari  Samarqand tuman “Ilm-Ziyo” bolalar oromgohida “Bolalarga ma‘rifat ulashib” nomli sayyor tadbir tashkil qilishdi.

Axborot- kutubxona markazi xodimlari tomonidan yoshlar o‘rtasida kitob targ‘iboti va turli kreativ o’yinlar tashkil qilindi.