1. Kitob hoshiyasiga qaydlar qoldirish.
    Qayd yozish odati keyinchalik ham kitobni varaqlaganingda sahifalardan o‘zing uchun muhim fikrlarni tez, oson topishga yordam beradi va tanqidiy fikrlash qobiliyatini ham rivojlantiradi.
  2. Boshlagan kitobingni tashlab qo‘yma.
    Bill Geyts oxiriga qadar o‘qishga ko‘zi yetmagan kitobni qo‘liga olishdan qochadi.
  3. Bosma yoki elektron? Qaysi qulay bo‘lsa, shuni o‘qing.
    “Hozircha bosma kitoblar mutolaasi men uchun qulay. Biroq, sekin-asta gadjetlarda ham kitob o‘qishni odat qilmoqchiman”, deydi Bill Geyts.
  4. Bir soatni mutolaa uchun ajrating.
    Uning maslahatiga ko‘ra, kitobni qo‘lga olishdan avval siz kamida keyingi bir soatni faqat shu ishga bag‘ishlashga qat’iy qaror qilishingiz kerak.

— Siz ushbu qoidalarga amal qilasizmi?