Avval xabar berganimizdek, bugun A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot- kutubxona markazida 15 ta tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlarining 6 oyda davomida foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatishi, ijro intizomi, kadrlar faoliyati hamda sohaga doir vazifalari tahlil qildi.
Tahlil davomida kamchiliklar yuzasidan tegishli xodimlarga ko’rsatmalar berilib, 6 oy davomida Aholi o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilishda faol ishtirok etgan, kutubxonachilik sohasining rivojiga qo‘shayotgan beqiyos hissasi, metodik ishlarni yaxshi tashkillashtirganligi hamda kitobxonlarni axborot bilan ta’minlashdagi samarali mehnat qilayotgan Kattaqo’rg’on shahar, Nurobod hamda Bulung’ur tuman axborot- kutubxona markazlari I, II, II darajali diplom bilan taqdirlanishdi. Shuningdek, sohada faol bir guruh tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlari xodimlari tashakkurnomа bilan taqdirlanishdi.