“Yoshlar oyligi” doirasida 21-iyundan 26-iyunga qadar “Rahbar va yoshlar” uchrashuvlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Shu munosabat bilan ayni paytda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teshabayeva  “Rahbar va yoshlar” tadbiri doirasida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi va uning tizimida faoliyat yuritayotgan yoshlar bilan Zoom platformasi orqali uchrashuvi bo’lib o’tmoqda.  Uchrashuvda  A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot- kutubxona markazining yosh xodimlari hamda faol kitobxonlar ishtirok etishmoqda.