Kutubxona bilan yaqindan tanishtirish va yozgi ta’tilni maroqli kitoblar dunyosi bilan o’tkazish maqsadida A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot- kutubxona markazi xodimlari Ishtihon tuman “Quvnoq” bolalar oromgohida “Yoz o’tmoqda soz” nomli sayyor tadbir tashkil etishdi.

Kitob tarģiboti davomida bolalar o’rtasida turli kreativ o’yinlar tashkil qilindi. Shuningdek, bolalar òzlari yozgan she’rlardan hirgoya qilishdi. Tadbir sòngida faol ishtirokchilarga kutubxonamiz tomonidan estalik kitoblar taqdim etildi.