đź“šJamiyat, millatning rivojlanishi, taraqqiy etish tarixiga nazar tashlaydigan bo`lsak, bilimli, ma’naviyatli va ma’rifatli yoshlarining jamiyat yuksalishida o’rni beqiyos. Bunday yoshlarni barkamol etib tarbiyalovchi asosiy omillardan biri-mutolaa qilish vositasi kitob hisoblangan. Kitobxonlik amalda keng joriy etish jarayonida birinchi navbatda mavjud kutubxonalar asosiy ro’l o’ynaydi.
Bugun Kitobxonlikni targ’ib qilish maqsadida A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida ” Kitobxonlik oiladan boshlanadi” shiori ostida Samarqand viloyat Milliy gvardiya boshqarmasi bilan hamkorlikda “Kitobxon ona va kitobxon bola” deb nomlangan davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar kitobxonlikka davat etishda oilalarning o’rni hamda bugun ular qanday farzandlari o’rnak bo’layotganlari haqida tadbir qatnashchilari bilan o’rtoqlashishdi.