A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat  axborot- kutubxona markazida Samarqand viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o’rgatish milliy markazi mutaxassislari bilan “Qiziqarli kutubxonada” nomli  kutubxona bo‘ylab ekskursiya tashkil qilindi.
▶️Mutaxassislar tomonidan kutubxonada yaratilgan sharoitlar, kitoblar olami, kutubxona loyihalari bo’yicha faoliyat yuritayotgan elektron ma’lumot bazalari  haqida batafsil ma’lumotlar berib o’tildi.
👥Ekskursiya davomida bir guruh mutaxassislar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi va kutubxona haqida fikrlarini biz bilan baham ko’rishdi.