18-iyul kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlarining 2024-yil 6 oylik faoliyati muhokamasi o‘tkazildi.

📃A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazi hamda viloyatdagi tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlari rahbarlar ZOOM platformasi orqali onlayn tarzda 6 oy davomida qilingan ishlari yuzasidan tayyorlagan hisobotlari bilan ishtirok etishdi. Muhokama davomida, hisobotlar tahlil qilinib, Kitobxonlikni rivojlantirishda qilinayotgan ishlar aytib o’tildi. Shuningdek, tuman axborot-kutubxona markazlaridagi kamchiliklarni bartaraf etsih bo’yicha, bajarilishi lozim bo’lgan ishlar belgilab olindi.