“Shaxmat mamlakatiga sayohat!”

📋A.S. Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazining 1-qavat fayesida 20-iyul – “Butunjahon shaxmat kuni” munosabati bilan “Shaxmat mamlakatiga sayohat” nomli kitob-rasmli ko’rgazma tashkil etildi.

♟Shaxmat eng kuchli aqliy sport turi sifatida dunyoga tanilgan. “Shaxmat” soʻzi forscha “shoh mot” soʻzlaridan kelib chiqqan boʻlib, “shoh oʻldi” degan maʼnoni anglatadi. Bugungi kunda shaxmat butun dunyoda sevib oʻynaladi. Millionlab odamlar muntazam ravishda oʻtkaziladigan xalqaro turnirlarni katta qiziqish bilan kuzatadi.

Ushbu ko‘rgazmada kitobxonlar shaxmat saboqlariga oid va shaxmat haqidagi qiziqarli ma’lumotlar hamda kitoblar bilan yaqindan tanishishlari mumkin.