Joriy yilning 20-iyul kuni A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot kutubxona markazi bilan hamkorlikda Samarqand viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari o’rtasida “Kitob inson ma’naviyati poydevori” mavzusida ma’naviyat-ma’rifat soati bo’lib o’tdi. Unda kutubxona markazi faoliyati, fondi, hamkorlik ishlari to’g’risida videorolik namoyish etildi.