✍️Ali ibn Hijoziy ibn Muhammad Bayumiy, “Sulosiyotul Buxoriy”

📌Imom Buxoriy ma’naviy merosi asrlar davomida barcha xalqlar, jumladan, buyuk tarix sohibi bo’lgan xalqimiz tomonidan, mustabid tuzum vaqtida qattiq qarshiliklarga uchrashiga qaramasdan, yuksak e’tibor va ehtiromda bo’lib kelgan.
📌Ushbu risola Imom Buxoriy merosining gultoji bo’lgan shoh asari – “Al-Jomi as- Sahih” asaridagi eng sahih hadislarni aniqlash yo’lida olib borilgan kichik izlanishlardan biridir. Mazkur tarjima Ali ibn Hijoziy ibn Muhammad Bayyumiyning “Sulosiyotul Buxoriy” to’plami qo’lyozmasiga asoslangan.