A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot kutubxona markazida navbatdagi ma’rifat soati Toshkent “Bilim” axborot kutubxona markazi direktori Hafiza Karimovaning “Kitobxonlikka keng yo’l”, “Quyosh yurakli inson”nomli kitoblar taqdimoti asosida o’tkazildi. Ushbu kitoblarni mutolaa qilar ekansiz inson doimo ilmga, ta’limga ehtiyoj sezishi, jamiyatda o’z o’rnini topishda ham kitobga oshno bo’lishi lozimligi zarur va shart ekanligiga amin bo’lasiz. Qolaversa O’zbekiston deb atalmish ona yurtimiz mehridan sarmast bo’lib uning ravnaq topishi yo’lida o’z hissamizni qo’shishdek baxtga muyassar ekanligimizdan baxtiyorlik va shukronalikni unutmaslikka chorlaydi.