1917-yildan Kanzas-Sitida jurnalist-reportyor sifatida ish boshlagan. 1-jahon urushi qatnashchisi (1914-18).
Xeminguey asarlarida dastlabki jurnalistik kuzatuv o‘rnini tahliliy, qiyosiy mulohaza va mushohadalar egallaydi. U har qanday urushni qoralaydi, shu tufayli insoniyat aziyat chekayotganiga e’tibor qaratadi. Inson huquqlari yo‘lida, ozodlik kurashida yolg‘iz maydonga tushishning halokatli oqibatlarga olib kelishini oddiy kishilar obrazi orqali ifodalaydi.
«Chol va dengiz» (1952) qissasi Xemingueyga katta shuhrat keltirdi. Xeminguey 20-asrda o‘zigagina xos bo‘lgan qatiy xolislikka asoslangan xarakterli uslubni yaratdiki, keyinchalik Amerika qit’asidan yetishib chiqqan yozuvchilar bu uslubga teztez murojaat qiladigan bo‘lishdi.
🖋«Chol va dengiz», «Alvido, qurol!», «Quyosh baribir chiqaveradi», «To‘qchilik va yo‘qchilik» kabi asarlari o‘zbek tiliga tarjima qilingan. Nobel mukofoti laureati (1954).