📌 Jon Grin amerika yozuvchisi bólib, bu roman 2012 yilning eng yaxshi badiiy asari nomini olgan.O’spirinlik yoshida inson qalbi haddan ma’sum bo’ladi.Shu qadar beģubor bir sevgiga talpinadi. Oģir xastalikka chalingan asar qahramonlari esa buni ikki karra teran his qilishib,hayotni qadrlash,har lahzani shodon o’tkazish payida bo’ladilar va taqdirga taslim bòlishmaydi.Ular avvalo òsmirligicha qolishadi-zaharxanda,tinib tinchimagan, yoqavayron,isyonkor,nafratga teng darajada shunchalik sevgiga ham butun borliqlari ģarq.Kitob qahramonlari Xeyzel va Ogastus qismat ogohlantirishiga butunlay etak silkishgan.Ular bir-birini jondan ortiq yaxshi kòrishadi,boshlari ustidan osilib turgan òlim arvohi etmagandek,shu darajada odatiy rashk,qahr-ģazab,tushunmaslik ham ularni jahannam qiynoģiga soladi. Ular –birga.Ayni palla-birga. Biroq kelgusida ularni nima kutyapti? Ana shu chin insoniy tuygu òquvchini ortidan ergashtiradi, umrning hech qachon ortga qaytmasligini ichkin anglatadi.