A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat  axborot-kutubxona markazida B.N. Yeltsin nomidagi Ural Federal Universiteti talabalari bilan “Qiziqarli kutubxonada” nomli  kutubxona bo‘ylab ekskursiya tashkil qilindi.

Mutaxassislar tomonidan kutubxona tarixi, kutubxonada yaratilgan sharoitlar, nodir adabiyotlar, kutubxona loyihalari bo’yicha faoliyat yuritayotgan elektron ma’lumot bazalari  haqida batafsil ma’lumotlar berib o’tildi.

Ekskursiya yakunida talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi va kutubxona haqida fikrlarini biz bilan baham ko’rishdi.